top of page
Image by Christian Lue

"Workmall" xususiy bandlik agentligi

Ish beruvchi va ishchilar o‘rtasidagi ko‘prik

Sharqiy Yevropa va Fors Ko‘rfazidagi davlatlar hamda Koreyada jismoniy mehnatga asoslangan bo‘sh ish o‘rinlari tobora ko‘paymoqda, xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishchilarga bo‘lgan talab kun sayin oshmoqda. Xorijdagi hamkorlarimizga bu borada yordam berish va o‘zbekistonliklarga yangi iqtisodiy imkoniyatlarni taklif qilish uchun Workmall (inglizchadan "Ish bozori") xususiy bandlik agentligini ochdik. Maqsadimiz – qonuniy va xavfsiz mehnat migratsiyasini tashkil qilish orqali hamyurtlarimiz hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirish.

Qaysi davlatlarda ish bor?

Aerial View of Islands

1

Yevropa va Amerika

Jamoamiz Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Gollandiya, Daniya, AQSH va Kanada kabi davlatlarda talabgir sohalar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash va hamkorlar izlash bilan shug‘ullanmoqda. Unda tashqari, o‘ndan ortiq Sharqiy Yevropa mamlakatlari, Latviya, Litva, Estoniya, Polsha, Slovakiya va  Vengriya kabilarda ko‘plab vakansiyalar mavjud.

2

Sharqiy Osiyo

Mehnatga layoqatli va o‘z navbatida xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish hamda og‘ir sanoat sohalarida mehnat qilishga tayyor aholi qatlami kamayib borayotgan Janubiy Koreya va Yaponiyada doim mehnatkash muhojirlarga ehtiyoj bor.

3

Yaqin Sharq va Turkiya

Neft, turizm va zamonaviy texnologiyalar tufayli boyiyotgan va iqtisodiyoti kengayayotgan Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda uzoq muddatli istiqbolda xizmat ko‘rsatish, qurilish va boshqa qo‘l mehnatini talab qiladigan ishlar bo‘yicha bo‘sh o‘rinlar paydo bo‘laveradi. Yana Turkiya ham mintaqada o‘zbekistonlik ishlash uchun yaxshi mamlakatdir.

4

MDH

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun nisbatan "yaqin" va tanish bo‘lgan Qozog‘iston, Rossiya va Ozarbayjon davlatlaridagi shartnomali, qonuniy ishlarni izlab, mehnat huquqlari kafolatlanishini ta’minlashni niyat qilganmiz. Kompaniyamiz Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘ylab yaxshi maoshli ishlarni izlab, ish beruvchilar bilan hamkorlik o‘rnatadi. 

Kasb turlari va sohalar

01.

Qurilish

02.

Qishloq xo‘jaligi

03.

Logistika

04.

Sanoat

05.

Turizm

bottom of page